O'zbekistonning monopoliyaga qarshi kurashish bo'yicha tajribasi Edinburg shahrida bo'lib o'tgan xalqaro anjumanda taqdim etildi
May 13, 2025. 11:04 • 2 daq
• 57
EDINBURG, 13-may. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 7-10-may kunlari Shotlandiyaning Edinburg shahrida Raqobat bo'yicha xalqaro tarmoqning (ICN) 24-konferensiya bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur anjumanda O'zbekiston raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi raisi Halilillo To'raxo'jayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirok etdi.
ICN – bu butun dunyo bo'ylab monopoliyaga qarshi kurashish organlarini raqobat siyosati sohasida tajriba almashish, uyg'un yondashuvlarni ishlab chiqish va sohaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida birlashtiruvchi xalqaro forum hisoblanadi.
Yillik konferensiya ishtirokchilarga ochiq muloqot, g'oya va ilg'or tajribalar almashish uchun samarali platforma taqdim etadi. Bu esa iste'molchilar va halol biznes manfaati yo'lida raqobatni ta'minlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida rivojlangan davlatlarning monopoliyaga qarshi kurashish yo'nalishida amalga oshirayotgan islohotlari muhokama qilindi. Shuningdek, raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi dolzarb masalalar bo'yicha fikr almashildi.
O'zbekiston vakillari o'z ma'ruzalarida mamlakatimizda raqobat muhitini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va qonunchilik talablari haqida batafsil ma'lumot berdi.
Konferensiya doirasida bir qator xorijiy delegatsiyalar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham tashkil etildi. Muzokaralarda xorij tomoni bilan o'zaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va raqobat siyosati sohasida ilg'or yondashuvlarni joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi