"El-yurt umidi" jamg'armasi va AQSHning Stenford universiteti qoshidagi "Silk Road" innovatsion birlashmasi o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi
Sentabr 25, 2025. 17:06 • 55 soniya
• 34
TOSHKENT, 25-sentyabr. /"Dunyo" AA/. "El-yurt umidi" jamg'armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova Nyu-York shahriga amaliy safari davomida Stenford universiteti qoshidagi "Silk Road" innovatsion birlashmasi ijrochi direktori va hammuassisi Asset Abdualiyev bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jamg'arma ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar davomida o'zbekistonlik yosh startapchilar va raqamli texnologiyalar bo'yicha mutaxassislarning Stenford universitetining ta'lim va tadqiqot tashabbuslarida ishtirokini kengaytirish, mamlakatimiz yoshlari tomonidan IT sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarni jahon miqyosida ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.
Raqamlashtirish va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan O'zbekiston yosh davlat xizmatchilari uchun "Silikon" vodiysining yetakchi kompaniyalarida stajirovka o'tash imkoniyatini yaratishga e'tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida sheriklikni yana-da chuqurlashtirish uchun asos bo'ladigan o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Bunday hamkorlik O'zbekistonda IT va raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, G'arb tajribasini joriy etish va o'zbekistonlik mutaxassislarning "Silikon" vodiysidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
"Silk Road" – bu "Silikon" vodiysida joylashgan, startaplarni qo'llab-quvvatlash va moliyalashtirishga ixtisoslashgan, shuningdek, ularni AQSH hududida amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga ko'maklashadigan tashkilotdir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi