Logo

Call-markaz autsorsingi xizmatlari ko'rsatuvchi xorijiy korxona Farg'onada 500 ish o'rniga ega filialini ochadi

Avgust 08, 2024. 17:34 • 47 soniya

75
Call-markaz autsorsingi xizmatlari ko'rsatuvchi xorijiy korxona Farg'onada 500 ish o'rniga ega filialini ochadi

FARG'ONA, 8-avgust. /"Dunyo" AA/. Farg'ona viloyati hokimligida Rossiya va Qozog'istonda call-markaz autsorsingi xizmatlari ko'rsatuvchi "Telesontast" korxonasi rahbari Vladimir Beluxin bilan uchrashuv o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda kompaniya tomonidan Toshkent shahridan so'ng Farg'onada ham call-markaz autsorsingi xizmatlari ko'rsatish filialini ochish bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

Rossiyaning qator shaharlarida o'z kontakt-markazlariga ega bo'lgan, 5 ming nafardan ziyod xodim faoliyat olib borayotgan "Telesontast" kompaniyasi 2020-yildan buyon mamlakatimizda faoliyat olib borib, O'zbekistondagi IT Park rezidenti hisoblanadi.

Kompaniya rahbari Vladimir Beluxin Farg'onaga tashrifi davomida filial faoliyatini yo'lga qo'yish uchun bino tanlab olinayotganligi va yangi markazda 500 ta doimiy ish o'rni yaratilishini ma'lum qildi.

Bugungi axborot asrida bu kabi loyihalar dolzarb ahamiyat kasb etishini qayd etgan viloyat hokimligi rahbariyati ushbu loyihani Farg'onada amalga oshirish uchun har tomonlama ko'mak berilishini ta'kidlashdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish