Logo

Buxoro viloyati va Xitoyning Janubiy provinsiyalari o'rtasida  hududlararo hamkorlik rivojlanmoqda

Iyun 22, 2025. 11:02 • 2 daq

98
Buxoro viloyati va Xitoyning Janubiy provinsiyalari o'rtasida  hududlararo hamkorlik rivojlanmoqda

GUANCHJOU, 20-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Buxoro viloyati hokimligi delegatsiyaning Xitoyning Guandun provinsiyasiga tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida bir qator iqtisodiy tadbirlar tashkil etildi. Xususan, "Guangdong General Chamber of Commerce va Guangzhou International Cooperation Centre" tashkiloti bilan birgalikda Guanchjou shahrida "Buxoro viloyati – Guandun provinsiyasi: savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligi" mavzusidagi biznes-forum o'tkazildi.

Unda qurilish materiallari, tekstil, qishloq xo'jaligi, tibbiyot va farmatsevtika sohalarida faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin mahalliy kompaniyalar rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Forum davomida o'tkazilgan taqdimotlarda ishtirokchilarga Buxoro viloyatining investitsiyaviy salohiyati va uning jozibadorligi, hududda yaratilgan qulay hamda xavfsiz ishbilarmonlik muhiti, imtiyoz va preferensiyalar tizimi, drayver tarmoqlar hamda istiqbolli loyihalar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Buxoro viloyat delegatsiyasi a'zolari "PK Environment", "Guangzhou Metro Group", "Guangzhou Public Transport Group", "Hangxiao Steel Structure" kabi kompaniyalar va yirik tarmoq uyushmalari mutasaddilari bilan samarali muzokaralar o'tkazdilar. 

Bo'lib o'tgan uchrashuvlarda istiqbolli qo'shma loyihalarni ishlab chiqish, Xitoy ishbilarmon doiralari vakillaridan delegatsiyaning O'zbekistonga biznes-missiyalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Shuningdek, tashrif doirasida provinsiyaning Chjunshan shahrida elektrotexnika va "yashil" energetika sohalariga ixtisoslashgan 10 dan ortiq kompaniyalar ishtirokida iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollari muhokamasiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish