O'zbekiston tog'-kon sanoati va geologiya vaziri boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Italiyada bo'ldi
Sentabr 15, 2025. 10:12 • 47 soniya
• 62
RIM, 15-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston tog'-kon sanoati va geologiya vaziri Bobir Islamov boshchiligidagi yurtimiz delegatsiyasi amali tashrif bilan Italiyaga bordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif doirasida Italiyaning qator vazirliklari, yirik kompaniyalari va nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan uchrashuvlar o'tkazildi. Ularda sanoat, ta'lim va investitsiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Italiya tadbirkorlik vaziri Adolfo Urso bilan kechgan muzokaralar chog'ida may oyida Samarqandda imzolangan muhim minerallar bo'yicha Qo'shma deklaratsiyani amalga oshirish masalalari ko'rib chiqildi. Italyan tomoni qo'shma loyihalarni birgalikda amalga oshirishga yuqori qiziqish bildirdi.
Muzokaralar yakunida ikki davlat vazirliklari va biznes doiralari o'rtasida "Yo'l xaritasi"ni ishlab chiqish, ishchi guruh tuzish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan amaliy ishlarni boshlash to'g'risida kelishib olindi.
Tashrif O'zbekiston-Italiya strategik sherikligini mustahkamlab, sanoat va ta'lim sohalarida yangi tashabbuslar hamda investitsiyaviy hamkorlikka keng yo'l ochdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi