Pokiston Bosh vazirining sanoat masalalari bo'yicha maxsus yordamchisi – Sanoat va ishlab chiqarish vaziri boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ldi
Sentabr 21, 2025. 11:31 • 2 daq
• 51
ISLOMOBOD, 21-sentabr. /"Dunyo" AA/. Pokiston Bosh vazirining sanoat masalalari bo'yicha maxsus yordamchisi – Sanoat va ishlab chiqarish vaziri Harun Axtar Xan boshchiligidagi delegatsiya 15-19-sentabr kunlari amaliy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif doirasida ikki tomon mutasaddi idora vakillari ishtirokida joriy yil fevral oyida Toshkentda o'tkazilgan oliy darajali uchrashuvda erishilgan kelishuvlarning ijrosi holati bo'yicha tomonlarning axborotlari eshitildi, istiqbolli loyihalar va tashabbuslar muvofiqlashtirildi.
16-sentabr kuni O'zbekiston Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov va Pokiston Bosh vazirining maxsus yordamchisi Harun Axtar Xan boshchiligida kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuv o'tkazildi. Unda transport, moliya, savdo, sanoat, geologiya, Transafg'on temir yo'lini qurish, banklararo hamkorlik, o'zaro savdo hajmlari oshirish, sanoat kooperatsiyasi sohalarida aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligida o'tkazilgan uchrashuvda avval kelishilgan sohaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari kelishildi va tomonlarning yangi hamkorlik takliflari ko'rib chiqildi.
Tashrif doirasida vazir Harun Axtar Xan boshchiligidagi delegatsiya "Tashkent Pharma Park" va "Tashkent Texnopark"ga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Shuningdek, ular Toshkent shahridagi "Pokiston-O'zbekiston" savdo uyini ham borib ko'rdi.
Tashrif doirasida delegatsiya a'zolarining O'zbekiston tomoni bilan alohida uchrashuvlari hamda viloyatlarga tashriflari ham tashkil etildi.
Jumladan, Pokiston davlat banki raisi o'rinbosari Axtar Javed O'zbekiston Markaziy bank raisi o'rinbosari Abror Olimov bilan uchrashdi. Unda banklararo hamkorlikni rivojlantirish, o'zaro to'lovlarni amalga oshirishni yengillashtirish mexanizmlari ko'rib chiqildi.
Pokiston Sanoat va ishlab chiqarish vazirining birinchi o'rinbosari Saif Anjum va Investitsiyalarni rag'batlantirish maxsus kengashi rahbari o'rinbosari Umar Jahangir Surxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlariga safar qilib, ushbu viloyatlar hokimlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi. Muhokamalar chog'ida istiqbolli va o'zaro manfaatli loyihalar ustida birgalikda ishlashga kelishildi.
Pokiston tomoni, shuningdek, hududlardagi yirik sanoat korxonalari hamda erkin iqtisodiy zonalar, "Ayritom" EIZ hamda Buxoro sanoatni rivojlantirish parki faoliyati bilan tanishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi