Toshkent viloyati delegatsiyasi Polshada samarali muzokaralar o'tkazdi
Fevral 24, 2024. 18:53 • 56 soniya
• 283
VARSHAVA, 25-fevral. /"Dunyo" AA/. Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Polshaga tashrifi davomida ushbu mamlakatning yetakchi kampaniyalari rahbarlari bilan samarali muzokaralar o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, Mazoviya voyevodligiga safar davomida «Fruit family» korxonasi rahbari Yeji Grzib bilan muzokaralar bo'lib o'tdi. Ma'lum qilinishicha, kompaniya hozirgi kunda 50 dan ortiq davlatlarga, jumladan O'zbekistonga olma va boshqa meva mahsulotlarini eksport qilmoqda.
Muzokaralar natijasida «Fruit family» bilan Toshkent viloyati Ohangaron tumanida intensiv bog' tashkil qilish va olmani qayta ishlash bo'yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish bo'yicha kelishib olindi.
Polshaning «Polpharma Group» kompaniyasi rahbari o'rinbosari Sebastian Shimanek bilan kechgan muloqotda O'zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalasini ishlab chiqish istiqbollari xususida fikr almashildi.
«Bank Pekao S.A.» banki departament direktori Dmitriy Kushnerov bilan bo'lib o'tgan suhbatda esa Toshkent viloyatida sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalariga e'tibor qaratildi. Polyak tomoni qurilish loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirish masalalarini ko'rib chiqishga tayyorligini ma'lum qildi.
O'zbekiston delegatsiyasi vakillari, shuningdek, Polshada logistika, IT, savdo, elektrotexnika, oziq-ovqat va boshqa yo'nalishlarda faoliyat olib borayotgan 10 dan ortiq o'zbek tadbirkorlari bilan uchrashdi. Unda manfaatli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish va Polshaga milliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi