TMK delegatsiyasi Sharqiy Qozog'iston viloyati bo'lib o'tgan xalqaro investitsiya forumida muhim kelishuvlarga erishdi
Sentabr 29, 2025. 12:51 • 50 soniya
• 75
UST-KAMENOGORSK, 29-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi va "O'zbekiston texnologik metalllar kombinati" (TMK) delegatsiyasi Sharqiy Qozog'iston viloyatida bo'lib o'tgan "Altai Invest–2025" xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Forum maydonida mintaqaning yetakchi sanoat, agrosanoat kompleksi, energetika va turizm sohalariga ixtisoslashgan ellikka yaqin korxonalar loyihalari namoyish etilgan ko'rgazma tashkil etildi.
O'zbekiston vakillari tadbir doirasida bir qator B2B shaklidagi uchrashuvlar o'tkazdi. Ularda tog'-metallurgiya majmuasi, texnologik va noyob metallarni qayta ishlash, sanoat kooperatsiyasi istiqbollari muhokama qilindi.
Forum doirasida TMK delegatsiyasi Kazsink va Ulba metallurgiya zavodi rahbariyati bilan xomashyoni chuqur qayta ishlash va mahsulot qiymat zanjirini kengaytirish bo'yicha o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar o'tkazdi.
Uchrashuvlar natijasida mintaqa korxonalari bilan tantal, niobiy, berilliy, selen, surma, vismut, vanadiy, titan, magniy, volfram va molibden kabi noyob muhim metallarni qayta ishlash va ishlab chiqarish, yangi konlarni o'zaro o'rganish, qattiq qorishma asbob-uskunalarni yetkazib berish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi