Logo

O'zbekiston delegatsiyasi Yaponiyaning aholiga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish tizimi bilan tanishdi

Iyul 22, 2025. 19:59 • 39 soniya

76
O'zbekiston delegatsiyasi Yaponiyaning aholiga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish tizimi bilan tanishdi

TOKIO, 22-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiya amaliy safar bilan Yaponiyada bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida O'zbekiston vakillari Tokio, Kanagava va Okayama prefekturalarida bo'lib, Yaponiyadagi reabilitatsiya va kunduzgi parvarishlar muassasalar faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, ushbu muassasalarning kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tajribasi o'rganildi. Keksa va imkoniyati cheklangan shaxslarga xizmat ko'rsatish, ijtimoiy yo'nalishdagi tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazildi.


Yaponiyaning muhtojlarga ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini ko'rsatish, protez-ortopediya va uyda parvarishlash bo'yicha zamonaviy yondashuvlariga alohida e'tibor qaratildi.


O'zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Yaponiya ijtimoiy xizmat ko'rsatish tashkilotlari bilan kadrlar tayyorlash va raqamli texnologiyalarni joriy etish yo'nalishida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish