Logo

Tehronda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar ichki ishlar vazirlarining to'rtinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Noyabr 02, 2025. 08:49 • 49 soniya

137
Tehronda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar ichki ishlar vazirlarining to'rtinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi

TEHRON, 2-noyabr. "Dunyo" AA/. Eron poytaxtida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a'zo mamlakatlar ichki ishlar vazirlarining to'rtinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Yig'ilishda O'zbekiston, Ozarbayjon, Afg'oniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, va Turkmaniston vazirlari va yuqori lavozimli shaxslari ishtirokidan tashqari, mehmon sifatida taklif etilgan O'mon va Iroq ichki ishlar vazirliklari delegatlari qatnashdi.

Ushbu tadbirda O'zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari A.Raxmatullayev boshchiligidagi delegatsiyasi ishtirok etdi. O'zbekiston tomoni o'z nutqida noqonuniy migratsiya, giyohvand moddalar savdosi, terrorizm va kiberjinoyatlar kabi tahdidlarni ta'kidlab, umumiy mintaqaviy muammolarni hal qilish uchun qo'shma xavfsizlik mexanizmlarini ishlab chiqish va o'zaro ma'lumotlar almashinuvini yo'lga qo'yish singari tashabbuslarni ilgari surdi.

Yig'ilish ishtirokchilari IHTning mintaqaviy huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligi, jumladan, uyushgan transchegaraviy jinoyatchilikning oldini olish va jamoaviy harakatlar salohiyatini oshirish bo'yicha sa'y-harakatlari bo'yicha hisobotini ko'rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida a'zo davlatlar vakillari tomonidan Tehron deklaratsiyasi qabul qilindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish