Logo

O'zbekistonda qishloq xo'jaligi ekinlari urug'chiligi sohasida Italiyaning ilg'or tajribasi tadbiq etiladi

Iyun 25, 2025. 19:42 • 2 daq

73
O'zbekistonda qishloq xo'jaligi ekinlari urug'chiligi sohasida Italiyaning ilg'or tajribasi tadbiq etiladi

RIM, 26-iyun. / "Dunyo" AA/. O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi ("O'zagroinspeksiya") delegatsiyasi joriy yilning 16-20-iyun kunlari amaliy safar bilan Italiyada bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur safar O'zbekiston elchixonasi va  Italiya qishloq xo'jaligi tadqiqotlari va iqtisodiy tahlili kengashi ko'magida tashkil etildi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) bosh qarorgohida bo'lib, O'simliklar genetikasi resurslari bo'yicha xalqaro shartnoma kotibiyati bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda O'zbekiston va FAO o'rtasidagi keng hamkorlik ko'lami e'tirof etilib, mamlakatimizning ushbu xalqaro shartnomaga a'zo bo'lish imkoniyati va istiqbollari muhokama qilindi.

Italiya qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat suvereniteti va o'rmonchilik vazirligida bo'lib o'tgan uchrashuvda "O'zagroinspeksiya" delegatsiyasi uchun urug'chilikni sertifikatlash bo'yicha taqdimot o'tkazildi.

Shuningdek, tomonlar o'rtasida ushbu sohada hamkorlik o'rnatish, jumladan, qonunchilikni takomillashtirish, xorijiy ekspertlarni jalb qilish, raqamlashtirish va axborot almashishni yo'lga qo'yish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Yurtimiz delegatsiyasi a'zolari Italiyaning Milan va Bolonya hududlari ham bo'ldilar. Safar davomida Italiya Qishloq xo'jaligi tadqiqotlari va iqtisodiy tahlili kengashining maxsus laboratoriyalar faoliyati o'rganildi. Italiya bilan urug'chilik va sertifikatlashtirish sohasida o'zaro hamkorlik hujjati imzolandi.

Bundan tashqari, O'zbekistonda qishloq xo'jaligi ekinlari urug'chiligini xalqaro standartlarga moslashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va uni samarali amalga oshirish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish