O'zbekiston davlat konservatoriyasi va Chjanszyasze kolleji xalqaro simfonik orkestri o'rtasida ijodiy hamkorlik aloqalari o'rnatilmoqda
Iyul 18, 2025. 09:21 • 48 soniya
• 48
GUANCHJOU, 18-iyul. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko'magida O'zbekiston davlat konservatoriyasi va Xitoyning Chjanszyasze kolleji huzuridagi "Chjanszyasze kolleji xalqaro simfonik orkestri" rahbariyati o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida tomonlar milliy musiqa yo'nalishlarida hamkorlik qilish, o'zaro talabalar, o'qituvchilar va mutaxassislar almashinuvini yo'lga qo'yish, birgalikda seminar va treninglar o'tkazish hamda O'zbekistondan "Chjanszyasze kolleji xalqaro simfonik orkestri" uchun malakali musiqachilarni jalb etish yuzasidan fikr almashdilar.
O'zbekiston davlat konservatoriyasi kafedra mudiri G'ayrat Abrarov va "So'g'diyona" milliy cholg'ulari kamer orkestri rahbari, professor Firuza Abduraximova ikki tomon o'rtasida aniq hamkorlikni kengaytirish bo'yicha amaliy takliflarni bildirishdi.
Chjanszyasze kolleji rahbari o'rinbosari Fan Ben Si Xitoy tomoni tegishli kelishuv bitimini imzolashga tayyorligini bildirib, O'zbekiston davlat konservatoriyasi delegatsiyasini qulay vaqtda Xunan provinsiyasi kelishga taklif qildi.
Tomonlar joriy yilning avgust oyida Chjanszyasze kolleji delegatsiyasining O'zbekistonga safarini amalga oshirishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi