Kuvaytning "Al-Amal" xalqaro jarrohlik guruhi Orolbo'yi mintaqasida bemorlarga bepul diagnostika va davolash xizmatlarini ko'rsatadi
Aprel 29, 2025. 11:50 • 31 soniya
• 129
TOSHKENT, 29-aprel. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "Al-Amal" xalqaro jarrohlik guruhi kecha Toshkentga yetib keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston TIV rahbari matbuot kotibi Axror Burxonov o'zining telegram kanalida yozishicha, ularning tashrifi Orolbo'yi mintaqasida 500 ga yaqin bemorlarga bepul diagnostika va davolash xizmatlarini ko'rsatish, aholining sog'ligini mustahkamlash va tibbiy yordamni kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bu insonparvarlik missiyasi fuqarolarimizga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Barcha ishlar yuqori tashkiliy hamda tibbiy darajada olib boriladi.
"Al-Amal" xalqaro jarrohlik guruhi mamlakatimizda besh kun davomida bo'ladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi