Logo

Xalq diplomatiyasi markazi SHHTning Xalq diplomatiyasi va Birodarlashgan shaharlar forumlarida ishtirok etmoqda

Iyul 04, 2025. 18:44 • 2 daq

69
Xalq diplomatiyasi markazi SHHTning Xalq diplomatiyasi va Birodarlashgan shaharlar forumlarida ishtirok etmoqda

TOSHKENT, 4-iyul. /"Dunyo" AA/. SHHTning O'zbekistondagi xalq diplomatiyasi markazi vakillari shu yilning 3-5-iyul kunlari Xitoy shimoli-sharqidagi Lyaonin provinsiyasi Shenyan shahrida bo'lib o'tayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) Xalq diplomatiyasi forumi va Birodarlashgan shaharlar forumida ishtirok etmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Forumlar SHHTning yaxshi qo'shnichilik, do'stlik va hamkorlik bo'yicha Xitoy qo'mitasi, Xitoy xalqining xorijiy davlatlar bilan do'stlik assotsiatsiyasi, Lyaonin provinsiyasi xalq hukumati tomonidan tashkil etildi.

Anjumanlar doirasidagi "Xalqlar do'stligini yana-da chuqurlashtirish va barqaror rivojlanishga ko'maklashish" mavzusidagi tadbirda SHHTga a'zo mamlakatlardan 400 ga yaqin kishi qatnashmoqda.

Markaz direktori Qobuljon Sobirov "Birodarlashgan shaharlar munosabatlari va savdo-iqtisodiy hamkorlik" sessiyasida hamda Shenyanning birodarlashgan shaharlarining savdo-iqtisodiy hamkorligi bo'yicha ikkinchi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Qobuljon Sobirov o'z nutqida, ikki tomonlama va ko'p tomonlama formatdagi davlatlararo munosabatlarning ajralmas elementiga aylanib borayotgan xalq diplomatiyasining muhim rolini alohida ta'kidladi. Bu turli mamlakatlar xalqlarining bir-birini tan olishi, bir-birining madaniyati, tarixi, urf-odatlari va dunyoqarashini tushunishning asosiy yo'li, ya'ni aholi darajasida o'zaro ishonch va birdamlikni shakllantiradi.

Shuningdek, tadbir doirasida yoshlar ilmiy-texnikaviy innovatsiyalari va ilg'or ishlab chiqarish subforumi va boshqa tadbirlar o'tkazildi.

Forum ishtirokchilari, shuningdek, birodarlashgan shaharlar o'rtasida o'zaro almashinuvlar yo'nalishida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashadilar, SHHTga a'zo mamlakatlarning xalqlar do'stligi sohasidagi ilg'or ishlab chiqarishlari va yutuqlari ko'rgazmalariga tashrif buyurishadi, mahalliy kompaniyalar faoliyati bilan tanishadilar, Shenyan shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qiladilar.

Tadbir davomida "SHHT davlatlarining xalq diplomatiyasini barqaror rivojlantirish bo'yicha konsensus" va forum yakunlari bo'yicha Shenyan tashabbusi e'lon qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, tashkilotchilarning so'zlariga ko'ra, birodarlashgan shaharlar va do'stona tashkilotlar o'rtasida, jumladan, savdo-iqtisodiy sohada qator shartnomalar imzolanadi.

Bugun tashqari, SHHTning O'zbekistondagi xalq diplomatiyasi markazi va Xitoy xalq diplomatiyasi yetakchisi – Xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik bo'yicha Xitoy xalq jamiyati o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish