Xitoyning Shensi provinsiyasi hukumati Toshkent davlat transport universitetiga 1,8 million AQSh dollari miqdorida ta'lim granti ajratdi

Iyul 23, 2025. 12:43 • 2 daq

311
Xitoyning Shensi provinsiyasi hukumati Toshkent davlat transport universitetiga 1,8 million AQSh dollari miqdorida ta'lim granti ajratdi

TOSHKENT, 23-iyul. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Shensi provinsiyasi hukumati Toshkent davlat transport universitetiga 1,8 million AQSh dollari miqdorida ta'lim granti ajratdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Transport vazirligi ma'lumotiga ko'ra, Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan Toshkent davlat transport universitetiga ajratilgan grantlar orqali o'zbekistonlik yoshlar Changan universitetida tahsil olish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Ta'lim granti umumiy qiymati 13 million yuanga (taxminan 1,8 million AQSH dollari) teng bo'lib, 10 nafar PhD, 40 nafar magistratura va 60 nafar bakalavr bosqichi talabalarini qamrab oladi.

Dasturlar 1+1 magistratura va 2+2 bakalavriat shaklida amalga oshiriladi.

Mazkur grant dasturi O'zbekiston-Xitoy o'rtasidagi ta'lim sohasidagi hamkorlikning muhim natijasi bo'lib, yoshlarimizga xalqaro tajriba, zamonaviy bilim va nufuzli diplomga ega bo'lish imkonini yaratadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish