Londonda Buyuk Britaniya mehnat bozoriga kirib kelayotgan O'zbekiston fuqarolariga mutaxassislik bo'yicha ingliz tilini o'rgatish markazlarini tashkil etish kelishib olindi
Iyun 21, 2024. 10:14 • 54 soniya
• 126
LONDON, 21-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniyaning "Imperial English UK" ta'lim tashkiloti ta'sischisi va direktori Govind Desai bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot avvalida Govind Desai "Imperial English UK" faoliyati to'g'risida batafsil so'zlab berdi.
Tomonlar kelgusida muassasa bilan ingliz tilini an'anaviy va raqamli platformalar orqali o'rgatish, ingliz tili o'qituvchilarining malakasini baholash va oshirish, shuningdek, "IELTS" va "TESOL" treninglarini tashkil etishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv natijasida ingliz tilini o'rgatishning barcha bosqichlari yuzasidan hamkorlik qilish, Buyuk Britaniya mehnat bozoriga kirib kelayotgan O'zbekiston fuqarolariga mutaxassislik bo'yicha ingliz tilini o'rgatishga mo'ljallangan markazlarni tashkil etish va boshqalar to'g'risidagi kelishib olindi.
"Imperial English UK" ta'lim tashkiloti Buyuk Britaniyada ro'yxatdan o'tgan bo'lib, muassasaning bosh ofisi Birmingem shahrida joylashgan. Tashkilot 35 dan ortiq mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. "Imperial English UK" ta'lim tashkilotining eng asosiy yo'nalishi ingliz tilini sodda shakllarda o'rgatishga doir onlayn hamda an'anaviy tarzda ta'lim kurslarini ishlab chiqishdan iborat.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi