Logo

100 yaqin rossiyalik bolalar yozgi ta'tilni Toshkent viloyatida o'tkazadi

Iyul 18, 2025. 15:30 • 2 daq

103
100 yaqin rossiyalik bolalar yozgi ta'tilni Toshkent viloyatida o'tkazadi

MOSKVA, 18-iyul. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 18-30-iyul kunlari O'zbekiston navbatdagi rossiyalik bolalar guruhini qabul qiladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Toshkent viloyatidagi "Anor" sog'lomlashtirish oromgohida 99 nafar rossiyalik bolalar o'n ikki nafar hamroh bilan birga yozgi ta'tilni o'tkazadi.

Mazkur loyiha O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasining birgalikdagi sa'y-harakatlari tufayli amalga oshirildi. 2024-yilda tashkil etilgan ushbu shakldagi lager ishtirokchilar va ularning ota-onalari tomonidan ijobiy baholangan edi.

Bu yoz rus bolalari uchun qiziqarli bo'lishni va'da qilmoqda. Ikki haftalik ta'til doirasida bolalar uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo'ylab ekskursiyalar, ijodiy mahorat darslari, turli o'yinlar va sport tadbirlari, eng muhimi, o'zbekistonlik tengdoshlari bilan norasmiy muloqotlar o'tkaziladi.

Kecha Rossiyalik bolalarni O'zbekistonga kuzatish marosimini tashkil etildi. Oldinda ularni ochiq havoda, tabiat qo'ynida va an'anaviy o'zbek mehmondo'stligi muhitida qizg'in ikki hafta kutmoqda.

Bunday tashabbuslar mamlakatlar o'rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Va bolalikdan boshlangan do'stlik xalqaro munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

"Ikkinchi yildirki, yuzga yaqin farzandlarimizni Toshkent viloyatidagi bolalar sog'lomlashtirish oromgohiga yuboryapmiz. Bolalar juda xursand. Umid qilamizki, ular ushbu safardan zavq olib, O'zbekiston haqida yangi taassurotlar bilan qaytadi. Mazkur loyiha uchun biz O'zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildiramiz",– dedi Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining o'rinbosari Sergey Nekrasov.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish