O‘zbekistonning doimiy vakili JSST assambleyasida nutq so‘zladi

May 20, 2026. 18:55 • 2 daq

247
O‘zbekistonning doimiy vakili JSST assambleyasida nutq so‘zladi
O‘zbekistonning doimiy vakili JSST assambleyasida nutq so‘zladi
O‘zbekistonning doimiy vakili JSST assambleyasida nutq so‘zladi

JENEVA, 20-may. /“Dunyo” AA/. Shu yilning 19-may kuni O‘zbekistonning Jenevadagi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 79-sessiyasi doirasida o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishda maʼruza qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Eldiyor Toshmatov o‘z nutqida Assambleya faoliyatini yuqori baholab, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) sog‘liqni saqlash tizimlarini, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida mustahkamlash masalalariga doimiy eʼtibor qaratayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Maʼruzada taʼkidlanganidek, O‘zbekistonda JSST ko‘magida tibbiy xizmatlar sifati va aholi uchun qulayligini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimiga xalqaro standartlarni joriy etish hamda zamonaviy yondashuvlarni keng tatbiq qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil davom ettirilmoqda.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini mustahkamlash, kasalliklar profilaktikasi va sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish masalalariga alohida urg‘u berildi.

O‘zbekiston tomoni JSST bilan onalik va bolalikni muhofaza qilish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, jumladan, onkologik xastaliklarga qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash tizimining kadrlar salohiyatini mustahkamlash sohalarida hamkorlikni yana-da kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Shu bilan birga, JSST bosh direktori Tedros Adxan Gebreyesusning 2026-yil aprel oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlari alohida tilga olindi. Qayd etilishicha, tashrif davomida JSSTning Ibn Sino nomidagi xalqaro mukofotini taʼsis etish hamda qator ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yana-da mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish