O‘zbekiston delegatsiyasi Xorvatiya tashqi va Yevropa ishlari vaziri bilan uchrashdi
May 21, 2026. 16:55 • 53 soniya
• 88
ZAGREB, 21-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Xorvatiyaga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif doirasida Xorvatiya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Gordan Grlich-Radman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Xorvatiya TIV rahbari Zagreb O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng ishonchli va istiqbolli sheriklardan biri sifatida ko‘rishini alohida taʼkidladi.
Shu bilan birga, uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada kengaytirish uchun katta salohiyat mavjudligi va tomonlar uni izchil amalga oshirish niyatida ekani qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Hindistonning nufuzli delegatsiyasi Toshkentda o‘tayotgan tibbiy texnologiyalar va farmatsevtika xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda



