O‘zbekiston va Polsha oliy taʼlim muassasalari qo‘shma taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘ymoqda

May 21, 2026. 13:55 • 2 daq

84

VARSHAVA, 21-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi diplomatlari “Geosiyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar vaqtida global va mintaqaviy integratsiya jarayonlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Belostok shahridagi Oliy iqtisodiyot maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ham qatnashdi.

Konferensiya davomida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom To‘laganov hamda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti texnika fanlari doktori Ilhom Mahmudov o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdi. Ular anjuman qatnashchilarini O‘zbekistonda shaharsozlik, irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, mintaqadagi suv resurslari tanqisligi bilan bog‘liq muammolarni hal etish choralari bilan tanishtirdilar.

Tadbir davomida Oliy iqtisodiyot maktabi rektori Aleksandr Prokopyuk ikki mamlakat taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston vakillariga faxriy diplomlarni topshirdi.

Shuningdek, tashrif doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Belostok texnika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat “Arxitektura”, “Bino va inshootlar qurilishi” hamda “Muhandislik kommunikatsiyalari” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichlarida qo‘shma taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi.

Bundan tashqari, Belostok texnika universiteti va Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida gidromelioratsiya va geoaxborot tizimlari sohalarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, sho‘rlangan tuproqlarni boshqarish usullarini takomillashtirish, shuningdek, yosh ilmiy mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish