Logo

Pokistonlik investor O'zbekistonda tibbiyot sohasida qo'shma loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganmoqda

Aprel 25, 2025. 11:09 • 30 soniya

80
Pokistonlik investor O'zbekistonda tibbiyot sohasida qo'shma loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganmoqda

ISLOMOBOD, 25-aprel. /"Dunyo" AA/. Yurtimiz elchixonasi ko'magiga "GAK Healthcare International" kompaniyasi ijrochi direktori Yasir Niyazi va O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida O'zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiyot yo'nalishida ta'lim va davolash muassasasini tashkil etish bo'yicha pokistonlik tadbirkor tomonidan ilgari surilgan loyiha yuzasidan fikr almashildi.

Loyihani amalga oshirish imkoniyatlari, huquqiy tartib-taomillar va hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlariga e'tibor qaratildi.

Tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yishga tayyor ekanligini bildirdi va kelgusida loyiha yuzasidan muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish