Ispaniya O'zbekistonda mahalla institutining ayollar imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha tajribasini o'rganmoqda
Sentabr 20, 2025. 10:34 • 52 soniya
• 42
MADRID, 20-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida "O'zbekistonda ayollarning mahalla orqali imkoniyatlarini kengaytirish: madaniy va huquqiy nuqtai nazar" mavzusidagi onlayn-seminar o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir davlat organlari vakillarini, ekspertlarni, tadqiqotchilarni, shuningdek, o'z mahallalari darajasida loyihalarni olib borayotgan faol ayollarni qamrab oldi. Seminar mahalliy tashabbuslar butun jamoalar hayotini qanday o'zgartirishga yordam berishi haqidagi tajriba almashish va ilhomlantiruvchi hikoyalar uchun muhim maydon bo'ldi.
Onlayn-seminarda Ispaniya vakilasi, doktor Mariya del Mar Martin Argon mahallalar orqali ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga bag'ishlangan tadqiqoti natijalari to'g'risida taqdimot o'tkazdi.
Bo'lib o'tgan seminar O'zbekiston va Ispaniya o'rtasida tajriba almashish, shuningdek, gender tengligi va ijtimoiy inklyuzivlik sohasida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Ishtirokchi ayollar aynan mahalla ularga o'z biznesini ochishga, ta'lim olishga yoki yoshlar uchun ijtimoiy loyihalarni tashkil qilishga qanday yordam bergani haqidagi ma'lumotlar bilan bo'lishdi.
Tashkilotchilar tadqiqot natijalari va O'zbekistondagi ayollarning muvaffaqiyat yo'li boshqa mamlakatlardagi ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha keyingi dasturlar uchun asos bo'lishiga ishonch bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi