Shvetsiyalik olim Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari uchun ma'ruza o'qidi
Oktabr 02, 2025. 11:12 • 31 soniya
• 22
STOKGOLM, 2-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi ko'magida Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari uchun shvetsiyalik tadbirkor olim, xalqaro biznes strategiya mutaxassisi Aleks Matrsson ishtirokida onlayn-seminar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Seminar davomida qiziqarli taqdimotlar va muhokamalar bo'lib o'tdi. Ishtirokchilarga O'zbekiston talaba va o'qituvchilari zamonaviy biznes strategiyalarini, Shvetsiya tajribasi asosida "lagom", "serendipitet" va "sinergiya" metodlarini biznesda qo'llash, global tajribalar va tadqiqotlarni tijoratlashtirish usullari to'g'risida ma'lumot berildi.
Tadbir yakunida uning ishtirokchilariga elektron kitoblar va sertifikatlar topshirildi.
Kelgusida bu kabi seminarlarni yanada ko'proq tashkil etishga kelishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi