TMK va Xitoy kompaniyasi ilg'or texnologik yechimlarni joriy etish sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
Iyul 11, 2025. 20:35 • 36 soniya
• 94
TOSHKENT, 11-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston texnologik metallar kombinati AJ va Xitoyning yetakchi muhandislik-injiniring kompaniyasi – "China Aluminum International Engineering Co., Ltd." (Chalieco) o'rtasida muhim ahamiyatga ega yangi hujjatlar imzolandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, tomonlar o'rtasida volfram gidrometallurgiya sexini modernizatsiya qilish bo'yicha shartnoma, shuningdek, ilg'or innovatsion texnologiyalarni joriy etish yuzasidan Hamkorlik memorandumi tuzildi.
"China Aluminum International Engineering Co., Ltd" (Chalieco) – bu Xitoyning yirik davlat korporatsiyasi "Aluminum Corporation of China" (Chinalco) tarkibiga kiruvchi kompaniya hisoblanadi.
2003-yilda tashkil etilgan mazkur kompaniya bugungi kunda EPC xizmatlaridan tortib, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, uskunalar ishlab chiqarishgacha bo'lgan keng ko'lamli yo'nalishlarni qamrab olgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi