Toshkent shahrida Xalqaro multimodal transport forumi bo'lib o'tadi
Oktabr 16, 2025. 18:58 • 39 soniya
• 72
TOSHKENT, 16-oktabr. /"Dunyo" AA/. Shu yil 12-noyabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro multimodal transport forumi bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri Transport vazirligi ma'lumotiga tayanib.
Tadbir tashkilotchilari – O'zbekiston Transport vazirligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Logistika markazlari va yuk tashuvchilar Alyansi.

Forum konstruktiv munozaralar, axborot almashish va multimodal transport yo'nalishlarini rivojlantirishni ta'minlash bo'yicha qo'shma tashabbuslarga ko'maklashishga qaratilgan.
Ushbu yuqori darajadagi uchrashuvda asosiy e'tibor transport yo'laklarini rivojlantirish, logistikada raqamli yechimlarni integratsiyalash, tranzit salohiyatini oshirish, transport sohasida yashil texnologiyalarni ilgari surish bo'yicha har tomonlama muhokama qilinadi.
Dastur quyidagi yo'nalishlar bo'yicha tematik panel sessiyalarini o'z ichiga oladi:
- transchegaraviy logistika va bojxona qoidalari;
- Raqamlashtirish va platforma texnologiyalari;
- investitsiya va infratuzilma loyihalari;
- Ekologik barqaror yondashuvlar va "yashil logistika".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi