Toshkentda O'zbekiston va Daniya o'rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinmoqda
Sentabr 25, 2025. 19:30 • 48 soniya
• 96
KOPENGAGEN, 25-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Daniyaning Eksport va investitsiya jamg'armasi (EIFO) vakillari Xoger Sandte va Yakob Xansen boshchiligidagi delegatsiya amaliy safar O'zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Daniya delegatsiyasi safar davomida O'zbekiston Iqtisodiyot va moliya, Qishloq xo'jaligi, Sog'liqni saqlash vazirliklari, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va O'zbekiston Milliy bankida bir qator uchrashuvlar o'tkazdi.
Bo'lib o'tgan uchrashuvlar davomida Daniya tomoni O'zbekistonda yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit, xorijiy investorlarga taqdim etilayotgan imtiyozlar va yurtimizning eksport salohiyati bilan batafsil tanishtirildi.
Shuningdek, tomonlar sanoat, qishloq xo'jaligi, farmatsevtika, suv resurslarini boshqarish va sog'liqni saqlash kabi tarmoqlarda hamkorlik qilish, xususan qo'shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Muzokaralar natijasida Daniya texnologiyalari va investitsiyalarini O'zbekistonga jalb qilish, o'zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
EIFO vakillari yurtimizga safari davomi Toshkentdagi Xalqaro Nordik universiteti faoliyati bilan ham tanishdi.
Daniya delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi davom etmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi