O'zbekiston Ar-Riyozda o'tayotgan "Riyadh International Book Fair – 2025" xalqaro kitob ko'rgazmasida ishtirok etmoqda
Oktabr 07, 2025. 19:09 • 50 soniya
• 72
AR-RIYOZ, 8-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistoni poytaxtida bo'lib o'tayotgan "Riyadh International Book Fair – 2025" xalqaro kitob ko'rgazmasida O'zbekiston milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy pavilyon O'zbekiston Madaniyat vazirligi, mamlakatimiz elchixonasi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Islom sivilizatsiyasi markazi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va yurtimizdagi yetakchi nashriyot-matbaa ijodiy uylari ko'magida tashkil etildi.
Pavilyondan mamlakatimiz tarixi, madaniyati va ma'naviy merosiga bag'ishlangan zamonaviy va mumtoz nashrlar, ilmiy ishlar, fotoalbomlar o'rin olgan. Toshkentda saqlanayotgan mashhur Usmon Qur'oni nusxasi, qadimiy qo'lyozma va arxiv hujjatlarining nodir faksimillari tashrif buyuruvchilarda alohida qiziqish uyg'otyapti.
Kitob ko'rgazmasidan tashqari mehmonlar O'zbekiston madaniyati va xalq amaliy san'ati boyligi, an'anaviy so'zani va milliy zargarlik buyumlari, miniatyurachi rassomlar va hunarmandlar asarlari, kulolchilik mahsulotlari va milliy liboslardan iborat ko'rgazmani tomosha qilishlari mumkin.
Ko'rgazma doirasida, shuningdek, yetakchi saudiyalik tadbirkorlar bilan O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha ishbilarmonlik muzokaralari ham olib borilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi