O'zbekiston vakili Budapeshtda bo'lib o'tgan TDTga a'zo mamlakatlar monopoliyaga qarshi kurashish organlari rahbarlarining ikkinchi yig'ilishida ishtirok etdi
Aprel 30, 2025. 11:44 • 2 daq
• 91
BUDAPESHT, 30-aprel. /"Dunyo" AA/. Budapesht shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a'zo mamlakatlar monopoliyaga qarshi kurashish organlari rahbarlarining ikkinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimizning Vengriyadagi elchixonasi ko'magida mazkur yig'ilishda O'zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi raisining o'rinbosari Farrux Qoraboyev ishtirok etdi.
Farrux Qoraboyev o'z chiqishida O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan asosiy tarkibiy islohotlar, qulay raqobat muhitini yaratish borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil to'xtaldi. Ma'ruzada JSTga a'zo bo'lish jarayoni doirasida amalga oshirilayotgan adolatli raqobat yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish, xususan, ayrim mutlaq huquqlarni bekor qilish, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashish siyosatni modernizatsiya qilish natijasida erishilgan natijalarga alohida e'tibor qaratildi.
Bundan tashqari, uchrashuv yakunlari bo'yicha Vengriya tomoni bilan hamkorlikni, jumladan, ilg'or tajriba almashish va monopoliyaga qarshi kurashish bo'yicha samarali vositalarini joriy etish sohasida hamkorlikni faollashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Yig'ilish kun tartibi doirasida sun'iy intellekt yordamida bozor tahlili, kartel kelishuvlarini aniqlashning zamonaviy usullari, shuningdek, yig'ilishning yakuniy kommyunikesini kelishib olish kabi bir qator dolzarb masalalar ko'rib chiqildi. Tadbir TDT mamlakatlari monopoliyaga qarshi kurashish organlari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va halol raqobatni rivojlantirish sohasida qo'shma tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim platforma bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi