Logo

O'zbekiston delegatsiyasi Islom hamkorlik tashkiloti Savdo iqtisodiy hamkorlik bo'yicha qo'mitasi ishchi guruhlari yig'ilishida ishtirok etdi

Oktabr 05, 2025. 13:33 • 2 daq

93
O'zbekiston delegatsiyasi Islom hamkorlik tashkiloti Savdo iqtisodiy hamkorlik bo'yicha qo'mitasi ishchi guruhlari yig'ilishida ishtirok etdi

ANQARA, 7-oktyabr. "Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida joriy yilning 30-sentyabr-3-oktyabr kunlari Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi Tashqi savdo departamenti xodimlarining Turkiyaga safari amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida Turkiya savdo vazirligining Xalqaro bitimlar va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik Departament rahbariyati bilan Imtiyozli savdo bitimi ro'yxatini kengaytirish yuzasidan navbatdagi muzokaralar o'tkazildi.

Muzokaralar davomida amaldagi 12 ta mahsulotdan iborat ro'yxatga qo'shimcha 18 ta tovar turlarini kiritish masalasi muhokama qilindi. Mazkur yangilangan ro'yxat ikki tomonlama savdo aylanmasini kengaytirish va iqtisodiy hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishi ta'kidlandi.

Ikki tomonlama muzokaralar jarayonida mamlakatlar iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega tovarlar ro'yxati atroflicha ko'rib chiqildi. Bojxona bojlari yuzasidan ikki tomon uchun ham manfaatli tarzda imtiyozlar berish zarurligi qayd etildi.

O'z navbatida, amaldagi imtiyozga ega mahsulotlar uchun belgilangan kvotalar hajmini oshirish masalasi ilgari surilib, bu orqali savdo hajmini kengaytirish hamda ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini yana-da kuchaytirish ko'zda tutildi.

Tomonlar Imtiyozli savdo bitimi ro'yxatini kengaytirish bo'yicha navbatdagi muzokaralarni Toshkent shahrida o'tkazish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi Savdo bo'yicha Ishchi guruh faoliyatini yana-da faollashtirish hamda uning 2-yig'ilishini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

  O'zbekiston tomoni safar davomida Islom hamkorlik tashkiloti Savdo iqtisodiy hamkorlik bo'yicha qo'mitasi (KOMSEK) Ishchi guruhlarining 41-yig'ilishida ishtirok etdi.

Yig'ilish doirasida savdo, investitsiya va sanoat sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish, ikki va ko'p tomonlama aloqalarni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O'zbekiston vakillari savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish