Logo

Guanchjou shahar kutubxonasida "O'zbekiston adabiyoti" burchagi va mamlakatimizning boy merosi bag'ishlangan ko'rgazmalar tashkil etiladi

Iyul 09, 2025. 12:09 • 42 soniya

70
Guanchjou shahar kutubxonasida "O'zbekiston adabiyoti" burchagi va mamlakatimizning boy merosi bag'ishlangan ko'rgazmalar tashkil etiladi

GUANCHJOU, 9-iyul. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko'magida Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi va Guanchjou shahar kutubxonasi mutasaddilari o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Milliy kutubxonasi xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati rahbari Gulbaxor Qobuljonova kutubxona tarixi, imkoniyatlar va xalqaro hamkorlik yo'nalishidagi ishlar haqida ma'lumot berdi. Guanchjou shahar kutubxonasi bilan kelajakda amalga oshirish mumkin bo'lgan istiqbolli rejalar ta'kidlandi.

Xitoy vakillari ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, kutubxonachilik sohasidagi zamonaviy bilimlar, ilg'or texnologiyalar hamda innovatsion yechimlar bo'yicha tajriba almashish muhimligini ta'kidlagan holda, O'zbekiston tomoni bilan o'zaro hamkorlik bitimini imzolashga tayyor ekanini bildirishdi.

 Muloqot yakunida Guanchjou kutubxonasining "Multiculture Library" markazida "O'zbekiston adabiyoti" burchagini tashkil etish, mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosi hamda buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodiga bag'ishlangan ko'rgazmalar o'tkazish yuzasidan kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish