Buyuk Britaniyaning Jiddiy firibgarliklarga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Sentabr 28, 2025. 11:26 • 47 soniya
• 40
LONDON, 2-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan Qirolligining Jiddiy firibgarliklarga qarshi kurashish agentligi direktori Nik Efgreyv bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida o'zaro hamkorlik va uning istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi. Globallashuv davrida har bir davlatda iqtisodiy farovonlikni ta'minlash, fuqarolar va biznes uchun xavfsiz sharoit yaratish, ularning moliyalarini kafolatlangan himoya qilish, jiddiy iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish zarurligi ta'kidlandi.
Shuningdek, murakkab firibgarlik, poraxo'rlik va korrupsiya bilan bog'liq ishlarni to'laqonli tekshirish hamda tergov qilishda xalqaro hamkorlik qilish va o'zaro yordam ko'rsatish zarurligi alohida qayd etildi.
Jiddiy firibgarliklarga qarshi kurashish agentligi 1988 yilda tuzilgan. U Buyuk Britaniya Bosh prokurori nazorati ostida faoliyat yurituvchi mustaqil tashkilot hisoblanadi. Agentlik yirik moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashadi va Birlashgan Qirollikning tadbirkorlik uchun xavfsiz makon sifatidagi obro'sini himoya qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi