O'zbekiston Belarus bilan ovchilik turizmini rivojlantirish yo'nalishida hamkorlik qiladi
Aprel 18, 2025. 11:34 • 2 daq
• 142
MINSK, 18-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Raxmatulla Nazarov Belarus o'rmon xo'jaligi vaziri Aleksandr Kulik bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat avvalida tomonlar o'zbek-belarus munosabatlarida kuzatilayotgan ijobiy o'zgarishlarni e'tirof etishdi. Ikki va ko'p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga yetarli salohiyat va imkoniyatlar mavjudligi ta'kidlandi. 2024-yil fevral oyida oliy darajadagi rasmiy tashrif doirasida imzolangan sohaga oid bitimlarni hayotga tadbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Vazir Aleksandr Kulik o'zbekistonlik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan loyihalarda to'xtalib, o'zaro savdo-sotiq hajmi ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi Shu bilan birga, tovarlar nomenklaturasi kengaytirish, ikki davlat o'rmon xo'jaliklari va tegishli idoralar o'rtasida aloqalarni o'rnatish hamda hamkorlikni yangi yo'nalishlarida qo'shma chora-tadbirlarni jadallashtirish zarurligi ta'kidlandi.
Tomonlar 2-3 xonali to'liq sharoitlari mavjud yig'ma yog'och uylarni O'zbekiston hududlarida joylashtirish imkoniyatlari xususida fikr almashdilar. Bu borada, belarus tomoni o'zbek hamkorlarning tegishli takliflarini, shu jumladan birga ishlab chiqarish tashkil etish imkoniyatlarini ko'rib chiqishga tayyorligi ma'lum qildi.
Muloqot chog'ida ikki davlat o'rmon xo'jaliklari va tegishli idoralar o'rtasida aloqalarni faollashtirish, kadrlarni tayyorlash, tajriba almashish va urug'chilikda qator qo'shma loyihalar amalga oshirishga e'tibor qaratildi.
Bundan tashqari, O'zbekistonda ovchilik turizmini rivojlantirishni yo'nalishida birgalikda ishlashga ikki tomon uchun manfaatli bo'lishi ta'kidlandi.
Muloqot yakunida belgilangan masalalarni atroflicha muhokama qilish uchun ikki tomon mas'ullari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi