Samarqandda "Ipak yo'lida: Markaziy Osiyodagi Buxoro yahudiylarining avloddan-avlodga o'tgan merosi" mavzusida xalqaro anjuman bo'lib o'tdi
Sentabr 13, 2025. 10:39 • 41 soniya
• 132
SAMARQAND, 13-sentabr. /"Dunyo" AA/. Isroilning Bar-Ilan universiteti tashabbusi bilan 8–9-sentabr kunlari Samarqand davlat universitetida "Ipak yo'lida: Markaziy Osiyodagi Buxoro yahudiylarining avloddan-avlodga o'tgan merosi" mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Anjumanda O'zbekiston, Isroil, AQSh, Germaniya, Rossiya va boshqa davlatlardan olimlar, tarixchilar, sotsiologlar, madaniy muassasalar rahbarlari hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyaning ochilish marosimida Bar-Ilan universiteti rektori professor Amnon Albek, Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xolmurodov va boshqalar so'zga chiqib, O'zbekistonda o'tkazilayotgan bunday nufuzli ilmiy anjumanlar turli xalqlar o'rtasidagi madaniy muloqot va o'zaro tushunish rishtalarini yanada mustahkamlashini qayd etishdi.
Anjuman davomida turli mavzular bo'yicha seksiya va sessiyalar shuningdek, madaniy dastur tashkil etildi. Ishtirokchilar Samarqand shahrining tarixiy maskanlari, mahalliy muzeylar va ekspozitsiyalar bilan tanishdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi