O‘zbekiston va Turkiya olima ayollarining xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
ISTANBUL, 16-may. /“Dunyo” AA/. Istanbul texnika universitetida O‘zbekiston va Turkiya olima ayollarining xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tomonidan tomonidan tashkil etildi. Unda universitet rektori Hasan Mandal, professor Hatije Ayatach, Turkiy xalqlar kengashi raisi Mahmut Oral va mamlakatimizning Istanbuldagi bosh konsuli Sherzod Abdunazarov ishtirok etdi.
Bosh konsul o‘z nutqida so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro ta’lim va ilmiy almashinuvlar uchun shart-sharoitlar yaratish, ilmiy muhitda gender tengligini ta’minlash mamlakat davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlariga aylangani ta’kidlandi.
Anjuman doirasida o‘zbek va turk olima ayollarining ilmiy-tadqiqot faoliyati, gender tengligi masalalari, ta’lim tizimida ayollarning o‘rni, shuningdek, akademik muhitdagi mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqida ma’ruzalar qilindi.
O‘zbekiston tomonidan Turon Fanlar akademiyasi professori Lutfiya Mirzayeva, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori Dilobar Roziyeva, Buxoro davlat universiteti dotsenti Mehrinigor Axmedova va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Munojatxon Nurmatova taqdimot qildi.
Tadbir yakunida tomonlar O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish va olima ayollar ishtirokida xalqaro ilmiy platformalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston delegatsiyasi Belarusda avtomexaniklarni tayyorlash tajribasini o‘rgandi







