“El-yurt umidi” jamg‘armasi Britaniya universitetlari bilan hamkorlikni yanada kengaytiradi

May 16, 2026. 17:00 • 2 daq

25

LONDON, 16-may. /“Dunyo” AA/. “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Shuhrat Daminov Buyuk Britaniyaga xizmat safari doirasida “Kaplan International Pathways” ta’lim tashkiloti hamda Birmingem, Glazgo va Bristol universitetlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida o‘zbekistonlik yoshlarning Buyuk Britaniyada ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro ta’lim dasturlaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlash, davlat xizmatchilari uchun amaliyot va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar, iqtidorli yoshlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash, bakalavriat, magistratura va ilmiy tadqiqot dasturlarini kengaytirish hamda qo‘shma ta’lim tashabbuslarini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi talabalarni nufuzli xorijiy universitetlarda o‘qitishga, qo‘shma ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yishga, akademik almashinuvlar va ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga oid dasturlariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida Britaniya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan jamg‘arma stipendiatlarining o‘quv faoliyati va yashash sharoitlari o‘rganildi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar hamkorlikni mustahkamlash, amaliy natijalarga ega qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish