Logo

Toshkentda Hindistonning Javaharla'l Neru universiteti bilan hamkorlikda xalqaro anjuman o'tkazildi

Sentabr 22, 2025. 10:58 • 52 soniya

170
Toshkentda Hindistonning Javaharla'l Neru universiteti bilan hamkorlikda xalqaro anjuman o'tkazildi

TOSHKENT, 22-sentabr. /"Dunyo" AA/. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi hamda Dehli shahridagi Javaharla'l Neru universiteti hamkorligida "Adabiyotda madaniy-ma'rifiy qadriyatlarning in'ikosi" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Anjumanda O'zbekiston, Hindiston va Pokistonning taniqli olimlari, adabiyot va madaniyat namoyandalari, jumladan, Hindiston madaniy aloqalar kengashi (Indian Council for Cultural Relations - ICCR) raisining o'rinbosari Abhay Kumar ishtirok etdi.

Markaziy va Janubiy Osiyo vakillari tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalaridagi ilmiy izlanishlarini taqdim qildi, o'zaro hamkorlikning dolzarb masalalari va istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Janubiy Osiyo mamlakatlaridagi yetakchi oliy bilim yurtlari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan yaqin hamkorlik o'rnatgan. Xususan, Hindistonning Javaharla'l Neru universiteti, Dehli universiteti, Jamiya Milliya Islomiya universiteti, Markaziy hindiy tili universiteti va boshqa muassasalar bilan imzolangan memorandumlar doirasida o'qituvchilar va talabalar almashish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, forum va konferensiyalar o'tkazish, qo'shma nashrlar chop etish va boshqa yo'nalishlarda yaqin sheriklik loyihalari amalga oshirilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish