Toshkentda O'zbekiston va Hindiston yosh tadbirkorlari o'rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga bag'ishlangan biznes-forum bo'lib o'tdi
Oktabr 13, 2025. 12:23 • 2 daq
• 68
DEHLI, 13-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Toshkentda O'zbekiston va Hindiston yosh tadbirkorlarining biznes-forumi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur tadbir so'nggi yillarda ikki davlat o'rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilib, jadal rivojlanib borayotganini yana bir ifoda etdi.
Forum O'zbekiston elchixonasi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Hindistonning "Pathway Global Alliance" yoshlar tashkiloti hamkorligida tashkil etildi.
Anjuman yoshlarning to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilishi, tajriba almashishi, istiqbolli loyihalarni muhokama qilishi uchun o'ziga xos qulay maydoncha bo'ldi.
Tadbir davomida ikki mamlakat yosh tadbirkorlari, startap asoschilari va sarmoyadorlari o'zlarining innovatsion g'oyalari va biznes tashabbuslarini taqdim etdi, o'zaro manfaatli hamkorlikning yangi amaliy yo'nalishlarini belgilab oldi. Yangi avlod biznes yetakchilarining ikki tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlashda harakatlantiruvchi kuch va ishonchli ko'prik bo'lishdagi o'rni va mas'uliyati alohida ta'kidlandi.
Forumda yoshlar o'rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, startap ekotizimini rivojlantirish, yangi sarmoya kiritish imkoniyatlarini ochish istiqbollari bo'yicha qizg'in fikr almashildi. Ishtirokchilar biznes-forum, yarmarka, anjuman va muloqotning boshqa ko'rinishdagi shakllarini muntazam o'tkazib turish mustahkam aloqalar o'rnatish, qo'shma loyihalarni hayotga tadbiq etish, amaliy bilim almashishda muhim vosita ekanini yakdil ta'kidladi.
Uchrashuvda tomonlar ko'p tomonlama hamkorlikni yanada faol mustahkamlash, ikki do'st mamlakat savdo-iqtisodiy hamkorligida yangi salmoqli tashabbuslar ilgari surish tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi