Latviya kompaniyasi o'zbekistonlik haydovchilarni ishga jalb qiladi
Iyun 17, 2024. 07:58 • 36 soniya
• 2347
RIGA, 17-iyun. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida 10-17-iyun kunlari Latviyaning transport va logistika sohasidagi yirik "Kreiss" kompaniyasi vakillarining O'zbekistonga ishchi tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida Latviya tomoni Transport vazirligi, Tashqi mehnat migratsiya agentligi va Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazdi.
"Kreiss" va Tashqi mehnat migratsiya agentligi o'rtasida Latviyaga 600 nafar haydovchilarni uyushgan tarzda ishga jalb etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
"Vatanparvar" tashkiloti bilan ushbu uyushmaga tegishli avtomaktablar platformasida o'zbekistonlik yuk mashinalari haydovchilarini tayyorlash uchun maxsus simulyatorlar tashkil etish bo'yicha memorandum imzolandi.
Mazkur markazlarda tayyorgarlikdan o'tgan haydovchilar Yevropa standartlariga mos sertifikatlar olishlari va YEI davlatlarida faoliyat ko'rsatishlari mumkin bo'ladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi