Logo

O'zbekiston 2026-yilda ilk bor Osiyo Olimpiya kengashi Bosh Assambleyasini qabul qiladi

May 14, 2025. 10:39 • 41 soniya

31
O'zbekiston 2026-yilda ilk bor Osiyo Olimpiya kengashi Bosh Assambleyasini qabul qiladi

TOSHKENT, 14-may. /"Dunyo" AA/. Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 46-Bosh Assambleyasi 2026-yilda Toshkent shahrida o'tkaziladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, bu haqida Osiyo Olimpiya kengashining 45-Bosh assambleyasida ma'lum qilindi.

OOK bosh direktori Husayn Al Musallamning Bosh assambleyani 2026-yil Toshkent shahrida o'tkazish bo'yicha taklifi yig'ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi. Bu yurtimizda sport va Olimpiya harakatiga bo'lgan yuqori e'tibor va xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ma'lumki, Bosh assambleya – Osiyo Olimpiya kengashining eng yuqori boshqaruv organi bo'lib, unda qit'amizning 45 mamlakat Milliy Olimpiya qo'mitalari vakillari qatnashadi. Bosh assambleyada Osiyo sportiga oid muhim qarorlar, qit'adagi sport siyosati va istiqbolli yo'nalishlar muhokama qilinadi.

Eslatib o'tamiz, 2022-yilda Toshkent OOKning Ijroiya qo'mitasi yig'ilishiga muvaffaqiyatli mezbonlik qilgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish