Logo

O'zbekiston badmintonchilari Markaziy Osiyo chempionatida 19 ta medal jamg'arishdi

Sentabr 23, 2025. 19:59 • 24 soniya

17
O'zbekiston badmintonchilari Markaziy Osiyo chempionatida 19 ta medal jamg'arishdi

TOSHKENT, 23-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Toshkent mezbonlik qilgan badminton bo'yicha Markaziy Osiyo chempionati yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, unda 7 mamlakatdan 97 nafar sportchi U-15, U-17 va U-23 yosh toifalarida yakkalik, juftlik, miks va jamoaviy dasturlarda medallar uchun bahs olib borishdi.


Yakunda, O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta oltin, 7 ta kumush va 10 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish