Qozog'istonning Oqtov shahrida turkiy davlatlar vakillari o'rtasida Bochcha sport turi bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tayapti
Oktabr 28, 2025. 14:44 • 40 soniya
• 236
OQTOV, 28-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning Oqtov shahrida turkiy davlatlar vakillari o'rtasida Bochcha sport turi bo'yicha xalqaro turnirining ochilish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur musobaqa "Oqtov – turkiy dunyoning madaniy poytaxti" dasturi doirasida tashkil etildi. Musobaqalarda O'zbekiston, Qozog'iston, Turkiya, Ozarbayjon va Qirg'izistondan jami 30 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
O'zbekiston sharafini sakkiz nafar sportchi himoya qilayapti. Ulardan to'rt nafari para atletlar hisoblanadi.
Turnir doirasida "Inklyuziv sport: turkiy dunyo tajribasi va kelajagi" mavzusida xalqaro forum bo'lib o'tdi. Unda turkiy mamlakatlardan mutaxassislar, olimlar va federatsiya vakillari ishtirok etib, inklyuziv sport sohasidagi ilg'or tajribalar, tibbiy qo'llab-quvvatlash va zamonaviy texnologiyalar qo'llanilishi haqida fikr almashdilar.
Musobaqalar 30 oktyabr kunigacha davom etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi