Logo

O'zbekiston erkin kurashchilari Bishkekda Olimpiada yo'llanmalari uchun kurashga kirishadi

Aprel 19, 2024. 11:58 • 38 soniya

105
O'zbekiston erkin kurashchilari Bishkekda Olimpiada yo'llanmalari uchun kurashga kirishadi

TOSHKENT, 19-aprel. /"Dunyo" AA/. Bugun Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo qit'asi uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi musobaqa boshlanadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, ushbu turnirda O'zbekiston polvonlari ham qatnashadi. Musobaqa dasturiga muvofiq, birinchi kun doirasida erkin kurash ustalari o'rtasidagi bahslar bo'lib o'tadi.

Olimpiada yo'llanmalari uchun gilamga chiqadigan hamyurtlarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

- 57 kg: G'ulomjon Abdullayev – Kabe Matnjanov (Turkmaniston);

- 65 kg: Umidjon Jalolov – Sujit Kalkal (Hindiston);

- 74 kg: Bekzod Abdurahmonov – Magomed Yevloyev (Tojikiston);

- 97 kg: Magomed Ibragimov – Ganbatarin Ganxuyag (Mo'g'uliston);

- 125 kg: Hasanboy Rahimov – Omar Sarem (Suriya).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish