O'zbekiston yosh og'ir atletikachilari Peruda jahon chempionligi uchun kurashadi
May 01, 2025. 17:08 • 46 soniya
• 27
TOSHKENT, 1-may. /"Dunyo" AA/. Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoasi a'zolari Peruga yo'l oldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga, bugun Peru poytaxti Lima shahrida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanadi. Mazkur musobaqada O'zbekiston sharafini 11 nafar yosh og'ir atletikachilarimiz himoya qiladi.
5-mayga qadar davom etadigan jahon chempionati bahslarida 77 mamlakatdan 530 dan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Quyida mazkur turnirda mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar ro'yxatini taqdim etayapmiz.
Yigitlar:
-67 kg: Diyorbek Ro'zmetov (yoshlar);
-81 kg: Hikmatillo Haydarov (yoshlar);
-89 kg: Munisbek Davletov (o'smirlar);
-89 kg: Bekzod G'ofurjonov (yoshlar);
-96 kg: Diyorbek Ermatov (yoshlar);
-102 kg: Alisher Osmanov (o'smirlar/yoshlar);
-109 kg: Qudratbek Salimjonov (yoshlar);
+109 kg: Omadillo Olimov (yoshlar).
Qizlar:
-59 kg: Marjona Abdumutalova (o'smirlar/yoshlar);
-71 kg: Dilnura Xoldorova (o'smirlar/yoshlar);
+81 kg: Mohinur Esonboyeva (o'smirlar/yoshlar).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Turkiyadagi jahon chempionatida yosh shaxmatchilarimiz yetakchilik qilmoqda
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi