Logo

O'zbekiston terma jamoasi Hindistonda o'tkazilayotgan para yengil atletika bo'yicha jahon chempionatida oltin medallar sonini uchtaga yetkazdi

Oktabr 02, 2025. 17:19 • 42 soniya

58
O'zbekiston terma jamoasi Hindistonda o'tkazilayotgan para yengil atletika bo'yicha jahon chempionatida oltin medallar sonini uchtaga yetkazdi

DEHLI, 2-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Dehli shahrida bo'lib o'tayotgan para yengil atletika bo'yicha jahon chempionatida oltin medallar sonini uchtaga yetkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Har ikkala oltin medalni yadro uloqtirish bo'yicha sportchilarimiz qo'lga kiritdi.

Bugun terma jamoamiz a'zosi Karomat Omonova chempionatning ertalabki sessiyasida yadro uloqtirish (F41 toifasi) musobaqalarida 13,07 metr natija ko'rsatib, barcha raqibalarini ortda qoldirdi.

Shuningdek, kecha kunning ikkinchi yarmida Jasur Xo'jayev erkaklar o'rtasidagi yadro uloqtirish (F32 toifasi) bellashuvida 9,96 metrni zabt etdi va oltin medal sohibiga aylandi.

Shu tariqa, mamlakatimiz vakillari chempionatning hozircha uchta oltin, beshta kumush va bitta bronza medalini jamladi.

Joriy yil 7-oktyabrgacha davom etadigan jahon chempionati 2028 yilgi yozgi Paralimpiya o'yinlari uchun muhim saralash bosqichi hisoblanadi.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish