Logo

O'zbekistonlik yengil atletikachi Safina Sadullayeva Polshada o'tkazilgan xalqaro turnirda oltin medalga sazovor bo'ldi

Iyun 16, 2025. 16:21 • 32 soniya

58
O'zbekistonlik yengil atletikachi Safina Sadullayeva Polshada o'tkazilgan xalqaro turnirda oltin medalga sazovor bo'ldi

TOSHKENT, 16-iyun. /"Dunyo" AA/. Polshaning Belostok shahrida yengil atletika bo'yicha xalqaro turnir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, Butunjahon yengil atletika federatsiyasining taqvimidan o'rin olgan bronza darajadagi mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Safina Sadullayeva ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo'ldi.

Balandlikka sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz 1,90 metr balandlikni zabt etib, mavsumdagi eng yuqori natijasini qayd etdi.

Mazkur dasturda ukrainalik sportchi Katerina Tabashnik 1,87 metr balandlik bilan kumush, Polsha vakilasi Viktoriya Miaso esa 1,84 metr natija bilan bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish