Logo

O'zbekistonlik polvon yunon-rum kurashida 24 yil kutilgan olin medalni Zagrebda qo'lga kiritdi

Sentabr 22, 2025. 16:12 • 48 soniya

330
O'zbekistonlik polvon yunon-rum kurashida 24 yil kutilgan olin medalni Zagrebda qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 22-sentabr. /"Dunyo" AA/. Xorvatiyaning Zagreb shahrida o'tkazilgan sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatining yunon-rum kurashi bellashuvlarida O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo'lga kiritdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, Aytjan -63 kg. vazn toifasining so'nggi hal qiluvchi final bahsida Janubiy Koreya vakili Chung Xan-Jayeni mag'lubiyatga uchratdi va jahon chempioniga aylandi. Shu tariqa, u 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo'yicha jahon chempioni bo'lgan ilk sportchimizga aylandi.

O'zbekiston terma jamoasi sport kurashlari bo'yicha o'tgan dunyo birinchiligida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Quyida musobaqa davomida delegatsiyamizga medallar olib kelgan polvonlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:

-63 kg: Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi).

Kumush medal:

-60 kg: Alisher G'aniyev (yunon-rum kurashi).

Bronza medal:

-57 kg: G'ulomjon Abdullayev (erkin kurash);

-65 kg: Umidjon Jalolov (erkin kurash);

-72 kg: Abdullo Aliyev (yunon-rum kurashi).

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish