IX qishki Osiyo o'yinlariga Xitoyning Xarbin shahri mezbonlik qiladi
Fevral 21, 2024. 10:14 • 30 soniya
• 161
TOSHKENT, 21-fevral. /"Dunyo" AA/. 2025-yilda bo'lib o'tadigan IX qishki Osiyo o'yinlari Xitoyning Xarbin shahrida o'tkaziladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi xabar tarqatdi. Unda aytilishicha, Osiyo Olimpiya kengashi hamda IX qishki Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasi Xitoy olimpiya qo'mitasi bilan kelishgan holda o'yinlar o'tadigan sanalarni ham keng jamoatchilikka e'lon qildi.
Kelishuvga ko'ra IX qishki Osiyo o'yinlari kelgusi yilning 7-14-fevral kunlari bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, VIII qishki Osiyo o'yinlariga 2017-yil Yaponiyaning Sapporo va Obihiro shaharlari mezbonlik qilgan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi