Logo

O'zbekiston terma jamoasi boks bo'yicha jahon chempionatida 11 ta medalni qo'lga kiritdi

Sentabr 15, 2025. 15:35 • 47 soniya

326
O'zbekiston terma jamoasi boks bo'yicha jahon chempionatida 11 ta medalni qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 15 sentyabr. /"Dunyo" AA/. Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilgan boks bo'yicha jahon chempionati yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, dunyoning 68 mamlakatidan 540 nafar bokschi ishtirok etgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashdi. O'zbekiston charm qo'lqop ustalari mazkur dunyo birinchiligida 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi.

 Oltin medal:

-60 kg: Abdumalik Xalokov

-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jayev

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev

-80 kg: Javohir Ummataliyev

-85 kg: Akmaljon Isroilov

-92 kg: To'rabek Habibullayev

 Kumush medal:

-65 kg: Navbahor Hamidova

+90 kg: Jahongir Zokirov

 Bronza medal:

-48 kg: Sabina Boboqulova

-51 kg: Feruza Kazakova

-75 kg: Aziza Zokirova

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rasmiy veb-sahifasida, mamlakat boks federatsiyasi, sportchi va murabbiylar hamda millionlab hamyurtlarimizga ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabrik yuborgan.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish