Logo

Basketbol bo'yicha O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi

Sentabr 14, 2025. 13:15 • 31 soniya

326
Basketbol bo'yicha O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi

SEREMBAN, 14-sentyabr. /"Dunyo" AA/. 13-sentyabr kuni Malayziyaning Negeri-Sembilan shtatida basketbol bo'yicha ayollar o'rtasida U-16 Osiyo kubogi boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Rustamxon Dadaxonov boshchiligidagi O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Osiyo kubogining dastlabki o'yinida Samoa jamoasi ustidan g'alabaga qozondi. Ushbu uchrashuv 65:62 hisobida basketbolchi qizlarimizning ustunligi bilan yakunlandi.


O'zbekiston joy olgan "A" guruhining boshqa ishtirokchilari – Hindiston va Eron terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda hindistonliklarning qo'li baland keldi.


O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi o'zining ikkinchi uchrashuvini bugun Hindistonga qarshi o'tkazadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish