Logo

VI Toshkent xalqaro marafoni 21-aprel kuni o'tkaziladi

Fevral 11, 2024. 13:42 • 56 soniya

1381
VI Toshkent xalqaro marafoni 21-aprel kuni o'tkaziladi

TOSHKENT, 11-fevral. /"Dunyo" AA/. Poytaxtimizda VI Toshkent xalqaro marafoniga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston yengil atletika federatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqa 21-aprel kuni bo'lib o'tadi. Unda 32 davlatdan yuguruvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Matbuot anjumanida, ushbu yilda ishtirokchilar geografiyasi ancha kengaygani va 32 ta mamlakatdan yuguruvchilar ishtirok etishi kutilayotgani ta'kidlab o'tildi. Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan slotlar miqdori ko'paytirilib, poytaxt an'anaviy bahorgi ommaviy yugurish musobaqasi 5,5 mingga yaqin yuguruvchilarni qabul qiladi. Tadbir dasturiga 42 km klassik marafon masofasi, 21 km yarim marafon masofasi va 3 hamda 10 km masofalari kiritilgan. Marafon arafasida «Kids Run» ommaviy yugurish musobaqasi va shimolcha yurish bo'yicha musobaqalarning o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

An'anaga ko'ra, start-finish shaharchasi poytaxtimiz markazi – Afrosiyob va Beshyog'och («Humo Arena» sport majmuasining maydoni) ko'chalarining kesishish nuqtasida joylashadi. Masofalar marshruti esa markaziy ko'chalardan o'tadi. Bu atletlarga shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish va yangi Toshkent muhitini to'liq his qilish imkoniyatini beradi.

VI Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etish uchun Perfend.com platformasida ro'yxatdan o'tish kerak. Ro'yxatga olish 1-fevraldan boshlanib 5-aprelga qadar davom etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish